Norvegiya hukumati developerlarni yangi binolarda ehtimoliy urush holati uchun bombaga qarshi boshpanalar qurishga majbur qiladi. Bu amaliyot 1998 yilda to‘xtatilgan edi.
«Atrofimizda beqarorlik ortib bormoqda. Biz mamlakat aholisi xavfsizligi haqida qayg‘urishimiz va urush yoki qurolli hujum kabi eng yomon ssenariylarni hisobga olishimiz kerak», — dedi adliya va jamoat xavfsizligi vaziri Emili Mel
1998 yilgacha Norvegiyada har qanday yirik turar-joy majmuasida bombaga qarshi boshpana qurishni talab qiluvchi qonun mavjud edi. Norvegiyada hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda taxminan 20 ming boshpana mavjud bo‘lib, ularda 2,5 million kishi – mamlakat aholisining 45 foizini joylashtirish mumkin.