Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi

“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish" bo‘yicha Namunaviy uslubiyot Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3620, 25.04.2025 y.).

Mazkur uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, unda foydalaniladigan tadqiqot usullari hamda ilmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosani tuzish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

Ilmiy ekspertiza ilmiy ekspertizani o‘tkazuvchi tashkilotning malakali xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.

Ilmiy ekspertiza quyidagi tadqiqot usullaridan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin:

▪️qiyosiy-huquqiy tahlil;
▪️lingvistik tahlil;
▪️tarixiy tahlil;
▪️modellashtirish va vaziyatli tahlil;
▪️intervyu olish;
▪️“aqliy hujum”;
▪️davra suhbati;
▪️so‘rovnoma o‘tkazish.

Ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra ekspert tomonidan quyidagi xulosalardan biri beriladi:

loyiha ilmiy asoslangan;

loyiha yetarli darajada ilmiy asoslanmagan;

loyiha ilmiy asoslanmagan.

Kiritildi: 10:12 28.04.2025. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!