Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Norin-Sirdaryo irrigasiya boshqarmasi mas’uli 11,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Norin-Sirdaryo irrigasiya boshqarmasi mas’uli 11,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Namangan viloyatida yer maydonlarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Norin-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi X.D. va fuqaro B.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.E.ga Mingbuloq tumani hududidan 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz uning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, 11 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:07 13.10.2026. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!