Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

Namangan viloyatidagi Norin daryosida umumiy quvvati 228 MVt bo‘lgan Norin Gidroelektr stansiyalari (GES) kaskadi qurilishi loyihasi doirasida ikkinchi GES qurilishi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekgidroenergo» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ushbu stansiyalar respublikada birinchi bor to‘lig‘icha «O‘zbekgidroenergo» AJ mablag‘laridan moliyalashtiriladi.

Loyihaga ko‘ra, Norin GES kaskadi 6 ta stansiyadan iborat bo‘lib, har bir GES quvvati 38 MVt ni tashkil qiladi. Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 1025 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Yiliga o‘rtacha 430 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, yiliga o‘rtacha 277 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Shu bilan birga, 130 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Endi GES-2 ob’ektida quruvchilar tomonidan bosqichma-bosqich yer tayyorlash, qurilish-betonlashtirish hamda qurilish-montaj ishlari boshlanadi.

Kiritildi: 18:10 05.04.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!