AQSh va Isroil Eronga bir hafta avval zarba berishni rejalashtirgandi — Axios.
"Noqulay ob-havo, razvedka ma’lumotlari va muvofiqlashtirishdagi kamchiliklar sabablari tufayli amaliyot kechiktirilgan", deya yozmoqda nashr.
Shu bilan birga, AQSh rasmiylari Jenevadagi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar “chalg‘ituvchi hiyla” bo‘lganini inkor etdi. Ular muzokaralarda Eronga tegishli taklif berilganini bildirdi.
Ushbu taklifga ko‘ra, uranni boyitishga 10 yillik moratoriy joriy etish evaziga, AQSh Eronni fuqarolik yadro energetikasi uchun yoqilg‘i bilan ta’minlashi ko‘zda tutilgan bo‘lgan.