O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma’lum qilishicha, rasmiy ruxsatsiz va noqonuniy yo‘llar orqali haj safarini amalga oshirgan fuqarolar Saudiya Arabistoni tomonidan deportasiya qilinadi.
Qo‘mitaga ko‘ra, ogohlantirishlarga qaramay, ayrim turfirmalar va uchinchi davlatlar orqali yurtdoshlarimizni hajga jo‘natish harakatlari kuzatilmoqda.
“Yurtdoshlarimizni turli aldov yo‘llari bilan hajga olib borishni va’da qilayotgan firibgarlarga ishonmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.