Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Noqonuniy qurilmalar buzdirildi

Noqonuniy qurilmalar buzdirildi

Er uchastkalariga ega bo‘lish va qurilish ishlarini amalga oshirishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olib, noqonuniy tarzda bino-imoratlar qurish holatlari kuzatilmoqda.
Bunday hollarda o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi, uni tasarruf etishga – sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, boshqa bitimlar tuzishga haqli emas. Bunday imorat sudning qaroriga binoan uni qurgan shaxs tomonidan buzib tashlanishi lozim.

Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, unda Jalaquduq tumani, Jalaquduq shahar xaritasi 6092-konturidagi yer maydonining 0,028 gektar qismini tuman zaxirasiga qaytarish va ushbu maydonda joylashgan noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni buzdirish belgilangan.

Javobgar N.I. byuro xodimlari tomonidan ogohlantirilgan, berilgan ixtiyoriy muddat ichida noqonuniy qurilmalarni buzishi kerak bo‘lsa-da, ularni buzmagan. Shu sababli, mas’ul idora vakillari ishtirokida majburiy ijro harakatlari olib borilib, noqonuniy qurilmalar buzdirilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 14:59 07.01.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!