Muhojirlar Belarus tomonidagi tunnel orqali Polshaga kirishga urinishdi.
Bu haqda Polsha chegara qo‘riqlash xizmatiga tayanib, Polsat News telekanali xabar berdi.
Tunnelga kirish Narevka daryosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u yerda chegarachilar elektron to‘siqni 24/7 nazorat qiladi. U yerda to‘rt nafar xorijlik qo‘lga olingan. Chegarani buzganlar Belorussiyaga qaytishdi.
Polsha matbuotiga ko‘ra, Belarus tomonidagi chegara hududi mahalliy hokimiyat nazoratida bo‘lishiga qaramay, chegarani kesib o‘tishga umid qilayotgan xorijliklar vaqti-vaqti bilan ularning roziligi bilan kiritiladi.