O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi, bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
Xorazm viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining ijro varaqaciga asosan da’vogar “Urganch yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi foydasiga javobgar “O.O.N.” xususiy korxonasi tomonidan respublika ahamiyatidagi 4R-162 Urganch aylanma yo‘lining 22 km.da noqonuniy qurilgan 45,0 kv.metrdan iborat ob’ekt (bekat, savdo shahobcha) ni qarzdor hisobidan buzib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgar bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ijro hujjatida ko‘rsatilgan noqonuniy qurilmani ihtiyoriy ravishda buzmagan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur noqonuniy qurilgan qurilma majburiy tartibda buzdirilib, ijro ishi yakunlandi.
Murodjon Tajimuratov
Byuroning Urganch shahar bo‘limi davlat ijrochisi