Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov mukofot jamg‘armasi 750 ming dollar bo‘lgan musobaqada qatnashadi

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov mukofot jamg‘armasi 750 ming dollar bo‘lgan musobaqada qatnashadi

2025 yil 16–20 iyul kunlari AQShning Las-Vegas shahrida joylashgan Wynn mehmonxonasida Freestyle Chess Grand Slam turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini ikki nafar shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov himoya qiladi.

Turnirning mukofot jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Unda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etadi. Ular orasida jahonning amaldagi birinchi raqamli shaxmatchisi, FIDE reytingida yetakchilik qilayotgan Magnus Karlsen (Norvegiya), shuningdek AQSh vakillari — Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Uesli So, Levon Aronian, Hans Niemann bor. Shuningdek, Hindistondan Arjun Erigaisi, Rameshbabu Praggnanandhaa, Vidit Gujrathi kabi kuchli shaxmatchilar ham qatnashadi.

E’tiborlisi, Qozog‘iston vakili Bibisora Assaubayeva ushbu turnir tarixida ishtirok etayotgan ilk ayol shaxmatchi bo‘ladi.

Kiritildi: 19:31 15.07.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!