O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tayotgan "London Chess Classic" 2025 turnirida g‘alaba qozondi. U “Emirates Stadium” majmuasidagi turnirning 8-turida fransiyalik Alireza Firuzja bilan durang o‘ynab, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming funt sterlingni tashkil etadi. Chempionlikni qo‘lga kiritgan Abdusattorov 25 ming funt sterling bilan taqdirlandi. Ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchi 15 ming funt, uchinchi o‘rinni egallagan sportchi esa 10 ming funt sterling oladi.