Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi musobaqa yarim finalida Magnus Karlsen bilan o‘ynaydi

Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi musobaqa yarim finalida Magnus Karlsen bilan o‘ynaydi

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turnirida bugun yarim final bosqichi doirasida dastlabki o‘yinlar o‘tkaziladi.

Nodirbek Abdusattorov final yo‘llanmasi uchun 17 karra jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz bugun qora, ertaga esa oq donalarda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Norvegiyalik shaxmatchi chorak finalda fransiyalik Alirizo Firujani qo‘shimcha partiyalarda mag‘lub etgan bo‘lsa, Nodirbek xitoylik Ding Liren ustidan zafar quchdi.

Ma’lumot o‘rnida. Davraviy tizimda rapid uslubida o‘tkazilgan o‘yinda Nodirbek Magnusni mag‘lub etgandi.

Yarim final juftliklari
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) - Magnus Karlsen (Norvegiya)
Levon Aronian (AQSh) - Fabiano Karuana (AQSh)

Eslatib o‘tamiz, turnirning mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSh dollariga teng bo‘lib g‘olib 60 ming dollarni qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi o‘rin egasiga 40 ming, uchinchi o‘ringa 30 ming va to‘rtinchi o‘ringa 20 ming dollar beriladi.

Kiritildi: 09:24 13.02.2024. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!