Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Nodira Nodirjonova: "Shaxmatchi qizlarga avtomashina berilmaganidan, albatta, xafaman"

Nodira Nodirjonova: "Shaxmatchi qizlarga avtomashina berilmaganidan, albatta, xafaman"

Oldinroq Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashgan shaxmatchi yigitlarimizga "BYD Chazor" mashinalari sovg‘a qilingandi. Shaxmatchi qizlarimiz esa negadir unutildi. Xususan, Nodira Nodirjonova. U Butunjahon shaxmat olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

«[Shaxmatchi qizlarga avtomashina berilmaganidan], albatta, xafaman. Yozgi Olimpiada ishtirokchilarini yaxshi taqdirlashdi, paralimpiyachilarni ham yaxshi taqdirlashdi. Kumush medalni olishim oson bo‘lmadi, bor kuchim va energiyamni berib, harakat qildim», deydi Nodira.

2022 yilgi Prezident qarorida butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan sportchilar taqdirlanishi belgilab qo‘yilgan. U yerda jamoaviy degan gap yo‘q.

Agar qarorga amal qilinsa, Nodira Nodirjonovaga kamida 340 mln so‘m pul mukofoti berilishi kerak edi.

Kiritildi: Bugun 18:07. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!