Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Nodavlat tashkilotlarga berilgan konstitusiyaviy kafolat mustahkamlanmoqda

Nodavlat tashkilotlarga berilgan konstitusiyaviy kafolat mustahkamlanmoqda

Qonunchilik palatasida muhokama qilingan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga oid qonun loyihasida fuqarolik jamiyati rivojiga bevosita bog‘liq takliflarni ko‘rdim. Bu e’tiborga molik.

Birinchisi, endilikda nodavlat tashkilotlar o‘z ishlarini hech qanday to‘siqlarsiz davom ettirishi mumkin. Yangi qonun ularni himoya qiladi va faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdorlar jazolanadi.

Uzoq kutilgan qonun! Qonunda hech qanday oqibat keltirib chiqarmaydigan “nodavlat tashkilotlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan qoida bor edi. Endi, mana shu qoida haqiqatda kuchga ega bo‘lyapti.

Ikkinchisi, nodavlat tashkilotlarga jarimalar kamaytiriladi – ortiqcha moliyaviy yuklamalar bo‘lmaydi. Nazarimda, bunday miqdordagi jarimalarni belgilashdan asosiy maqsad – nodavlat tashkilotlarni sun’iy ravishda qurqitib turish bo‘lgandek.

Uchinchisi, jamoatchilik nazorati kuchayadi – davlat idoralari jamoatchilik takliflarini 1 oy ichida ko‘rib chiqishi shart, aks holda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

To‘rtinchisi, xayriya faoliyati. Bu masalada videomurojaat ham qilgan edim. Firibgarlikda ayblanganlar jamoat fondi ocha olmasligi belgilanmoqda. Fondlarni “tozalashga” qaratilgan muhim qadam. Xalq ishonchini kuchaytirish kerak.

Beshinchisi, shaffoflik. Nodavlat tashkilotlar faoliyati, ayniqsa mol-mulki, moliyaviy manbalari jamoatchilikka ochiq bo‘ladi.

Loyihaning dastlabki ko‘rinishida o‘zida ham yaxshi takliflar bor. Lekin buni jamoatchilik muhokamasi orqali yanada maromiga yetkazish mumkin.

Kiritildi: 13:20 12.03.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!