2023 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy Eronda o‘tkazilgan xotira tadbirida hibsga olindi.
Nargiz Mashhadda shu oy o‘z kabinetida o‘lik holda topilgan advokat Xosrov Alikyurdini yod etish marosimida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Nargiz Muhammadiy 2024 yil dekabrida vaqtinchalik hibsdan ozod etilgan, u bir necha faollar bilan birga xotira tadbirida hibsga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotni uning Parijda yashovchi turmush o‘rtog‘i Tagi Rahmoniy ham tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Muhammadiy bir qancha faollar bilan birga hibsga olingan.