Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

NKMK to‘qqiz oyda 8 mlrd dollarlik oltin ishlab chiqardi

NKMK to‘qqiz oyda 8 mlrd dollarlik oltin ishlab chiqardi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 73 tonna oltin ishlab chiqardi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 tonnaga yoki 2 foizga ko‘pdir. Ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy qiymati 95,3 trln so‘mni, ya’ni joriy kurs bo‘yicha taxminan 8 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bunday sezilarli o‘sish oltin narxining keskin oshishi natijasida kuzatildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda oltinning 1 troy unsiyasi ilk bor 4 ming dollardan oshib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Ma’lumot uchun, NKMK tarkibidagi Muruntov koni dunyodagi eng yirik ochiq kon hisoblanadi va uning resurs bazasi 3 ming 142 tonna oltinga teng.

Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti geologiya-qidiruv ishlariga yangicha yondashuvlarni joriy etish hisobiga oltin va uran qazib olish hajmi sezilarli oshganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda oltin qazib olish hajmi 86 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 118 tonnaga yetishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:00 06.11.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!