Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nizomiy ijodiga yangi qarash

Nizomiy ijodiga yangi qarash

Sharqning buyuk shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy ijodi shu qadar boy va ko‘p qirrali ekanki, unga qayta-qayta murojaat qilsang ham, qaysi tomondan yondashmang, uni to‘liq anglab yetish, to‘liq idrok etishning imkoni yo‘q.

Bejiz emas, Nizomiy Ganjaviy butun dunyoda, jumladan turkiy dunyoda – Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda sevib o‘qiladi, targ‘ib qilinadi, qayta-qayta nashr etiladi.

Kecha Turk Madaniyati va Merosi Jamg‘armasining Boku shahridagi markaziy qarorgohida tashkilot xodimi, shoir, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar Kengashi raisi Farid Husaynning buyuk shoir Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”sidagi o‘lim lavhalariga bag‘ishlangan “Oqibznama” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Oqibznama” – Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”sidagi o‘lim mavzuciga oid adabiy sharhlardan iborat esseler to‘plamidir.

Nizomiy ijodiga yangi qarash

Tadbirda TURKPA bosh kotibi Mexmet Sүrayya Er, Ozarbayjonda akkreditasiyadan o‘tgan turkiy davlatlar diplomatik korpusi vakillari, shuningdek, davlat arboblari, olimlar, adabiyot vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqan Turk Madaniyati va Merosi Jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimqulova jamg‘arma turkiy xalqlarning boy madaniy merosini asrash va targ‘ib qilish yo‘lida muhim loyihalarni amalga oshirayotganini ta’kidladi.

Nizomiy ijodiga yangi qarash

“Jamg‘arma tashabbusi bilan tayyorlangan nashrlar va turli xalqaro tadbirlar turkiy xalqlarning boy adabiy va madaniy an’analarini keng auditoriyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu borada Farid Husaynning hissasi katta. U jamg‘armaning ko‘plab tadbirlarida qatnashib, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda jamg‘armani munosib tarzda namoish etgan. Uning tahriri ostida tayyorlangan nashrlar turli kitob ko‘rgazmalarida namoish etilgan”, – dedi A. Raimqulova.

Nizomiy ijodiga yangi qarash

Nizomiy ijodiga yangi qarash

Tadbirning moderatori, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar bo‘yicha kotibi, shoir va tarjimon Salim Babulloog‘li jamg‘armaning nashrlari hamda tadbirning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. U jamg‘arma tashabbusi bilan tayyorlangan nashrlar nafaqat klassik va zamonaviy adabiyotning taqdimoti, balki turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishiga e’tibor qaratdi. Salim Babulloog‘li Nizomiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda mazkur nashr qimmatli manba sifatida doimo murojaat qilinishiga ishonch bildirdi.

Nigar Xaneliyeva

Kiritildi: 09:07 20.09.2025. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!