Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Nikohsiz ishqiy munosabatlari uchun ayol hammaning oldida “samosud” qilindi

Nikohsiz ishqiy munosabatlari uchun ayol hammaning oldida “samosud” qilindi

Indoneziyada bir ayol nikohsiz yaqin munosabatlar o‘rnatgani uchun hammaning oldida tayoq bilan kaltaklandi.

Hodisa Achex viloyatida sodir bo‘ldi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida qo‘rqinchli suratlar paydo bo‘ldi: unda bir erkak ayolning boshiga qalin tayoqni qo‘yib turgan.

Boshqalar esa sodir bo‘lgan voqeani indamay kuzatgan. Ko‘pchilik telefoniga tasvirga olib, Internet tarmoqlariga joylashtirgan. Tarqalgan videolarda esa ayolning shafqatsizlarcha kaltaklanganligini ko‘rish mumkin.

Achex - Indoneziyada shariat qonunlari hozirgacha mavjud bo‘lgan yagona viloyat. Huquq himoyachilari ushbu o‘rta asr qonunlariga qarshi muntazam ravishda gapirishganiga qaramasdan, bunday hodisalar viloyatda hamon yuz berib kelmoqda.

Masalan, xuddi shu viloyatdagi qishloqlardan birida internetdan foydalanish taqiqlab qo‘yildi, chunki mahalliy o‘smirlar kattalar uchun mo‘ljallangan saytlarni ko‘rishni boshlashgandi.

Kiritildi: 05:52 16.04.2019. O'qildi: 5609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!