Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Nijnekamskdagi hodisada jarohat olgan oxirgi vatandoshimiz vatanga qaytarildi

Nijnekamskdagi hodisada jarohat olgan oxirgi vatandoshimiz vatanga qaytarildi

Nijnekamskdagi fojiali hodisalar oqibatida jarohat olgan vatandoshlarimizdan oxirgi bo‘lib qolgan O‘zbekiston fuqarosi tibbiy reys orqali vatanga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

2001 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A.S. dastlab Nijnekamsk markaziy tuman ko‘p tarmoqli shifoxonasining reanimasiya bo‘limida bo‘lgan. Tatarston mahalliy hokimiyat organlari ko‘magida u vertolyotda Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan klinikaga yetkazilib, u yerda ikkita murakkab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi diplomatlari, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi va Migrasiya agentligi vakillarining hamkorligi natijasida jarohatlangan fuqaro davolanishni davom ettirishi uchun tibbiyot xodimlari hamrohligida “Qozon – Toshkent” reysi bilan eson-omon yurtimizga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Nijnekamskdagi bir qator ob’ektlarga dronlar orqali qilingan hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan va 48 kishi jarohatlangan edi. Hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarolari ham halok bo‘lgan bo‘lib, sakkiz nafar vatandoshimizning jasadi maxsus aviareys bilan vatanga yetkazilgan edi.

Kiritildi: 17:53 16.09.2026. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!