Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Nigina Sobirova jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqdi

Nigina Sobirova jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqdi

Bolgariyaning Samokov shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan yana bir xushxabar. Ayollar kurashi bo‘yicha kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Nigina Sobirova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

-62 kg vazn toifasida kurashgan yurtdoshimiz chorak finalda mag‘lubiyatga uchragach, bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘tish bosqichida Qozog‘iston vakilini dog‘da qoldirgan Sobirova uchinchi o‘rin uchun kurashda turkiyalik sportchidan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Kiritildi: 15:19 22.08.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!