Nigeriyadan Vashingtonga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi: ikki ekipaj a’zosi va to‘rt yo‘lovchi jarohatlandi.
Nigeriyaning Lagos shahridan AQShning Vashington shahriga uchayotgan United Airlines samolyoti nosozlik tufayli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Samolyoti bortida 245 nafar yo‘lovchi, 8 nafar bort kuzatuvchisi va 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Qattiq qo‘nish oqibatida ikki ekipaj a’zosi va to‘rt yo‘lovchi og‘ir jarohat oldi. Barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari salondan evakuasiya qilindi, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Hozirda samolyotning nosozlik sababi aniqlanayapti. Tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.