Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Nigeriyada yoqilg‘i tankeri portlashi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada yoqilg‘i tankeri portlashi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Niger shtatida yoqilg‘i tashuvchi tanker portlashi natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojea Kutch tumanidagi Bida-Agaye trassasida sodir bo‘lgan. Yoqilg‘i ortilgan yuk mashinasi yo‘lda agdarilib ketgan, shundan so‘ng bir guruh fuqarolar yoqilg‘ini o‘g‘irlashga urinishgan. Shu payt kutilmaganda portlash yuz bergan.

Hodisa natijasida o‘nlab odamlar jarohat olgan, holat yuzasidan tegishli idoralar tergov ishlarini boshlagan.

Fojea sodir bo‘lgan hududga o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam xizmatlari jo‘natilgan.

Kiritildi: 15:32 22.10.2025. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!