Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Nigeriyada tif kasalligidan 13 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada tif kasalligidan 13 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning markaziy qismida joylashgan Niger shtatida xolera (tif) epidemiyasi qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik tufayli 13 kishi vafot etgan. Bu haqda shtatning asosiy tibbiy xizmatlar bo‘yicha komissari doktor Ibrohim Ahmad Dangana ma’lum qildi, deb yozadi Anadolu agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya hozirda mintaqaga kiruvchi olti tumanda tarqalmoqda. Jami 239 holat qayd etilgan. Epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida zararlangan har bir tumanda maxsus davolash va izolyasiya markazlari tashkil etilgan.

Dangana mamlakatda xolera holatlari ortib borayotgani tufayli 2024 yil 26 iyunda “milliy favqulodda holat” rejimi joriy etilganini eslatdi.

Xolera – Vibrio cholerae bakteriyasi tufayli paydo bo‘ladigan shoshilinch ichak infeksiyasidir. U ifloslangan suv yoki oziq-ovqat orqali yuqadi, ich ketishi va organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Vaqtida davolanmasa, o‘limga olib kelishi mumkin.

Nigeriyada infeksiyaning keng tarqalish sabablari – toza ichimlik suvining yetishmasligi va sifatli tibbiy xizmatning mavjud emasligi. Mamlakatda xoleradan tashqari bezgak, poliomelit, tif va maymun chechagi kabi boshqa xavfli kasalliklar ham tez-tez kuzatiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Nigeriya xoleradan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan Afrika mamlakatlaridan biridir.

Kiritildi: 20:25 24.07.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!