Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nigeriyada odamlar noma’lum kasallikdan vafot etmoqda

Nigeriyada odamlar noma’lum kasallikdan vafot etmoqda

Nigeriyalik tibbiyotchilarning ta’kidlashicha, bu Xitoyda tarqalgan koronavirus emas. Ayni vaqtda ushbu kasallikdan og‘riganlar soni 100 nafardan oshib ketgan.

Niregiyaning Benue shtatida noma’lum kasallik tarqalishi qayd qilindi. Undan ayni vaqtda 15 kishi vafot etgan, 104 ta kasallanish holati qayd etilgan. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi. 

Mahalliy hukumatning ta’kidlashicha, bu Xitoyda avj olayotgan COVID-19 koronavirusi emas.

Ta’kidlanishicha, noma’lum kasallikdan ilk kasallanish holatlari yanvardayoq qayd qilingan. Uning asosiy alomatlari oshqozon shishishi, ko‘ngil aynish, qayd qilish, ichburug‘, bosh og‘rig‘i hisoblanadi. Dastlab shifokorlar kasallik alomatlari Lassa bezgaginikiga o‘xshash bo‘lgani sababli bezgak yana avj olmoqda deb o‘ylashgan.

Hozirda kasallikni davolash usuli topilmagan. Laboratoriyadagi tibbiyotchilarning ma’lum qilishicha, ular avval uchramagan “yangi kasallikka” to‘qnash kelishgan.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 04:00 14.02.2020. O'qildi: 3069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!