Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Yobe shtatida bozorga berilgan aviahujum oqibatida kamida 200 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba Yobe va Borno shtatlari chegarasida joylashgan Jilli qishlog‘idagi bozorga berilgan. U yerda armiya Boko Haram jangarilarini ta’qib qilayotgan bo‘lgan.

Mahalliy rasmiylar qurbonlar soni 200 nafardan oshganini bildirgan. Jarohatlanganlar Yobe va Borno shtatlaridagi shifoxonalarga olib ketilmoqda.

Hodisa haqida mahalliy aholi va xalqaro gumanitar tashkilot vakillari ham ma’lumot bergan.

Nigeriya Harbiy-havo kuchlari esa Jilli hududida Boko Haram jangarilari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Hozirda favqulodda xizmatlar voqea joyida qutqaruv va tezkor choralarni amalga oshirmoqda.

Kiritildi: 21:53 12.04.2026. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!