Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nigeriyada binoning qulashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada binoning qulashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi

Nigeriya janubi-g‘arbidagi Lagos shtatida qurilishi tugallanmagan uch qavatli bino qulashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi qutqarib olindi.

Bu haqda yakshanba kuni mamlakat favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi (NEMA) ma’lum qildi.

NEMA Lagos koordinatori Ibrohim Farinloye jurnalistlarga qutqaruv ishlari boshlanganidan beri vayronalar ostidan jami besh kishining jasadi topilganini aytdi. U qidiruv-qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar soni ortishi mumkinligini inkor etmadi.

Lagosdagi jismoniy rejalashtirish va shaharsozlik bo‘yicha komissari Olumide Oluyinka binoning tashlab ketilganini va uzoq vaqt davomida suvoqsiz qolganini, bu esa vaqt o‘tishi bilan uning tuzilishini zaiflashtirganini ta’kidladi.

Mahalliy mutaxassislar bunday noxush holatlarni inshootlarning qarishi, qurilish me’yorlariga rioya qilmaslik va sifasiz qurilish materiallaridan foydalanish bilan bog‘lashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha ertalab Lagos chekkasidagi Ojodu-Bergereda uch qavatli bino qulab tushgan edi.

Kiritildi: 00:06 21.04.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!