Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Nigeriya qurolli kuchlari mamlakat shimolida kamida 60 nafar terrorchini yo‘q qildi

Nigeriya qurolli kuchlari mamlakat shimolida kamida 60 nafar terrorchini yo‘q qildi

Nigeriya armiyasi mamlakat shimolida turli terrorchi guruhlarning kamida 60 nafar jangarisini zararsizlantirdi.

Bu haqda Nigeriya qurolli kuchlari bosh shtabi xabar bermoqda.

Mamlakat birligi va quruqlikdagi qo‘shinlari Borno shtatining Bita shahridagi Bita tumanida "Xadin kay" ("Birlik") keng ko‘lamli aksilterror operasiyasini o‘tkazmoqda. Armiya bo‘linmalarining harakatlari natijasida noqonuniy qurolli guruhlarning kamida 60 nafar a’zosi yo‘q qilindi.

3 may kuni Nigeriya prezidenti Bola Tinubu mamlakat shimolida o‘z faoliyatini kuchaytirgan terrorchi va ekstremistik guruhlarni yo‘q qilish uchun hukumat armiyasining jihozlanishini yaxshilashga va’da berdi.

Nigeriyaning shimoliy hududlarida, xususan, Adamava, Borno va Yobe shtatlarida, jumladan, “G‘arbiy Afrikadagi Islomiy Davlat” tashkiloti va “Boko Haram” guruhi tomonidan terrorchilik faoliyatining kuchayishi qayd etilgan. Ular hujum va sabotajda qo‘lbola portlovchi qurilmalar va dronlardan tobora ko‘proq foydalanmoqda.

Kiritildi: 15:11 30.05.2025. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!