Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Nigeriya qishloqlariga uyushtirilgan qurolli hujumda 13 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya qishloqlariga uyushtirilgan qurolli hujumda 13 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya markazidagi Plato shtatidagi ikkita qishloqqa uyushtirilgan qurolli hujumlar oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Sinxua.

Barkin-Ladi tumani rahbari Stiven Gyan Pvadjokning so‘zlariga ko‘ra, Rachas va Ravuru qishloqlariga hujumlar 14 oktyabr kuni kechqurun sodir etilgan.

Ertasi kuni qurbonlar uchun ommaviy dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uning aytishicha, bu hujumlar «hech qanday asossiz va juda qayg‘uli» bo‘lgan.

Otishmadan qochishga uringan bir necha kishi yaralangan va ularning guvohiligi bo‘yicha hujum uyushtirganlar qurollangan chorvadorlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinyapti.

Kiritildi: 21:25 17.10.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!