Nigeriya prezidenti Bola Ahmad Tinubu AQSh hukumatining mamlakatni diniy erkinlik bo‘yicha “alohida tashvishga soluvchi davlatlar” ro‘yxatiga kiritdi.
Tinubu “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan bayonotida
“Nigeriya – diniy erkinlik konstitusiyaviy kafolatlariga qat’iy rioya etadigan demokratik davlatdir. 2023 yildan buyon hukumatimiz nasroniy va musulmon jamoalari yetakchilari bilan ochiq va samarali muloqot olib bormoqda, xavfsizlik muammolarini e’tiqodi yoki mintaqasiga qaramasdan hal etmoqda”, — dedi davlat rahbari.
Prezident Tinubu AQSh rahbari Donald Trampning “nigeriyalik nasroniylar xavf ostida” degan bayonotini “haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” deb baholadi hamda bu fikrlar Nigeriya hukumatining barcha fuqarolar uchun diniy erkinlikni himoya qilish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarini inkor etishini bildirdi.
“Diniy erkinlik va bag‘rikenglik Nigeriya milliy o‘zligining ajralmas qismi hisoblanadi. Biz diniy ta’qiblarning har qanday ko‘rinishini rad etamiz va unga toqat qilmaymiz. Mamlakat Konstitusiyasi barcha din vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qiladi”, — dedi u.
Tinubu shuningdek, Nigeriya diniy jamoalarni himoya qilish va diniy erkinlikni ta’minlashda AQSh hamda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.