Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Nigeriya Kamerun bilan chegaradagi 35 nafar terrorchini yo‘q qildi

Nigeriya Kamerun bilan chegaradagi 35 nafar terrorchini yo‘q qildi

Nigeriya harbiy-havo kuchlari shanba kuni Kamerun bilan chegaraga yaqin hududda amalga oshirgan havo hujumlarida kamida 35 nafar jangarini yo‘q qildi.

Bu haqda Nigeriya harbiy-havo kuchlari vakili Eximen Ejodamega tayanib, Reuters xabar berdi.

"Nigeriya Harbiy-havo kuchlari shanba kuni guruh quruqlikdagi qo‘shinlarga hujum uyushtirmoqchi bo‘lganligi haqidagi razvedka ma’lumotlarini olgach, Kamerun bilan chegara yaqinidagi havo hujumlarida kamida 35 jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi", — deyiladi bayonotda.

Keyinroq quruqlikdagi kuchlar hudud tozalanganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, bu operasiya harbiylar tomonidan mamlakat shimoli-sharqida kuchaytirilgan kampaniya doirasida amalga oshirilgan. O‘tgan hafta armiya 2025 yilning dastlabki sakkiz oyida jami 592 nafar jangari yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 08:20 24.08.2025. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!