Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Nigerda suv toshqinlari oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi

A A A
Nigerda suv toshqinlari oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi

Nigerda suv toshqinlari oqibatida kamida 47 kishi halok bo‘ldi, 56,7 mingdan ortiq kishi jabrlandi.

Bu haqda Afrika davlati fuqarolik mudofaasi bosh boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, Journal du Niger gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, odatda cho‘l va qurg‘oqchil iqlimga ega bo‘lgan mamlakat bir necha haftadan beri to‘xtamagan uzoq muddatli yog‘ingarchilik tufayli yirik gumanitar ofat girdobida qolgan.

Niger daryosida suv sathi keskin ko‘tarilib, ko‘p joylarda toshib ketgan. Tabiiy ofatdan 339 ta aholi punkti jabrlangan. Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda ob-havo yaxshilanishi kutilmaydi.

Kiritildi: 09:30 21.08.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!