Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Niger poytaxti Niamey shahridagi xalqaro aeroport o‘qqa tutildi

Niger poytaxti Niamey shahridagi xalqaro aeroport o‘qqa tutildi

Niger poytaxti Niamey shahridagi xalqaro aeroport o‘qqa tutildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hodisa 29 yanvar, payshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, Nigerda hokimiyatni egallab turgan harbiy xunta rahbari, general Abdurahmon Tchiani hujumni qaytarishda ko‘rsatilgan harbiy yordam uchun Rossiyaga minnatdorlik bildirgan.

Shu bilan birga, general hech qanday dallilarsiz Fransiya, Benin va Kot-d'Ivuarni ushbu hujumning "homiylari" bo‘lganlikda ayblagan.

Biroq ekspertlar mamlakatda radikal guruhlar faollashayotganini ta’kidlashmoqda. Mazkur hujum uchun javobgarlikni ISHID'ga aloqador guruh o‘z zimmasiga olgan.

Kiritildi: Bugun 10:47. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!