Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi xakerlik hujumiga uchradi

Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi xakerlik hujumiga uchradi

Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi infratuzilmasiga xakerlik hujumi paytida yo‘lovchilarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqdi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi, deya xabar beradi "TASS".

"Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatishda foydalanadigan tashqi platformada noodatiy faollikni qayd etdik. Natijada foydalanuvchi ma’lumotlariga ruxsatsiz kirish imkoniyati paydo bo‘lgan. Kiberhujum oqibatida xakerlar ayrim yo‘lovchilarning shaxsiy ma’lumotlariga kirish huquqini qo‘lga kiritdi," - deyiladi xabarda.

Xakerlar ismlar, kontaktlar, elektron pochta mavzulariga kirish huquqiga ega bo‘lishdi. Pasport ma’lumotlari, reyslar haqidagi ma’lumotlar va bank rekvizitlari o‘g‘irlanmagani aytilmoqda.

Kiritildi: 21:36 06.08.2025. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!