Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Niderlandiyaliklar Germaniya bilan chegara hududida migrantlarni qidirish maqsadida mustaqil ravishda mashinalarni tekshirishni boshladi — Bild

 Niderlandiyaliklar Germaniya bilan chegara hududida migrantlarni qidirish maqsadida mustaqil ravishda mashinalarni tekshirishni boshladi — Bild

Mamlakat fuqarolari polisiya bu bopada hech nima qilmayotganini aytib, o‘zlari tegishli choralar ko‘rishlarini bildirishgan.

10 dan ortiq erkaklar Niderlandiyaning Germaniya bilan chegarasi yaqinidagi Ter-Apel shahridagi qochqinlar lageriga olib boruvchi yo‘l bo‘ylab avtomobillarni to‘xtatishni boshlagan.
Niderlandiyaning migrasiya masalalari bo‘yicha komissari bu harakatlarni qoralab, qonunni buzmaslikka chaqirdi.

Yaqinda aynan migrasiya masalalaridagi kelishmovchiliklar tufayli hukumat koalisiyasi parchalangan edi. Hukmron koalisiya tarkibidan chiqwan “Ozodlik” partiyasi yetakchisi Gert Vilders esa fuqarolarni butun chegara bo‘ylab xuddi shunday harakatlarni amalga oshirishga undadi.

"Aynan shunday harakatlar butun chegara bo‘ylab amalga oshirilishi shart. Agar bosh vazir zudlik bilan chegara nazorati uchun armiyani jalb qilmasa, biz o‘zimiz buni qilishimiz kerak", — deya ta’kidladi Vilders.

Kiritildi: 10:14 10.06.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!