Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Niderlandiyadagi harbiy aviabaza ustida dron qayd etildi

Niderlandiyadagi harbiy aviabaza ustida dron qayd etildi

Mamlakat mudofaa vaziri Ruben Berkelamnsning ma’lum qilishicha, harbiylar dronga qarata o‘q uzgan, ammo uni tuta olmagan.

"Volkel harbiy ob’ekti xizmatchilari dronlarni ikki soat davomida kuzatgan. Aviabaza atrofida dronlar paydo bo‘lish sabablari noma’lumligicha qolmoqda", — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan mudofaa vazirligi hodisa haqidagi boshqa tafsilotlarni oshkor etmadi, jumladan, dronlar qanday aniqlangani va qanday choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot bermadi. Niderlandiya polisiyasi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Xavfsizlik yuzasidan mamlakatdagi Eyndxoven aeroportida parvozlar to‘xtatildi.

So‘nggi oylarda Yevropa mamlakatlaridagi ayeroportlar, harbiy bazalar va muhim infratuzilma ob’ektlari ustida bir necha marta noma’lum dronlar kuzatildi. Bu hodisalar Germaniya, Daniya, Ispaniya, Norvegiya, Polsha va Litvada ayeroportlarni vaqtincha yopishga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 10:15 23.11.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!