Niderlandiyaning Vexle munisipalitetidagi tuxum qo‘yuvchi tovuq fermacida parranda grippi tarqalib, taxminan 100 ming tovuq yo‘q qilinadi.
Oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlari xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ferma atrofidagi 3 km radiusdagi 10 ta parrandachilik fermaci kuzatuv ostida bo‘ladi, 10 km radiusda esa qushlarni tashish taqiqlanadi.
Dekabr boshidan beri Niderlandiyada qushlar ko‘rgazmasi va yarmarkalari ham taqiqlangan. Yevropa bo‘ylab, jumladan Germaniya va Chexiyada ham parranda grippi holatlari qayd etilmoqda. Yuqtirilgan fermalarda butun podani yo‘q qilish choralari qo‘llanadi, bir nechta davlatlar parrandalarni ochiq havoga chiqarishni chekladi.