Niderlandiyada huquq-tartibot idoralari xodimlari mamlakatda shu paytgacha qayd etilgan eng yirik kokain laboratoriyasi topilganligi hamda 17 kishi hibsga olganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.
Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari otda yurish maktabida qilingan reyd davomida o‘n minglab litr kimyoviy moddalar va 100 kilogramm kokain topishgan.
“Laboratoriya kuniga 150-200 kilogramm kokain ishlab chiqarish uchun jihozlangan bo‘lib, uning chakana narxi 4,5-8 million yevroni tashkil etadi”, deydi polisiya bosh inspektori Andre van Reyn.