Niderlandiyadagi Haribo konfetlaridan nasha topildi. Tekshiruv bir necha kishi o‘zini yomon his qilgandan keyin o‘tkazildi.
Bu haqda mahalliy oziq-ovqat xavfsizligi regulyatori ma’lum qildi.
Kannabis shirinliklarga qanday tushib qolgani hozircha noma’lum. Ehtiyot chorasi sifatida Haribo mahsulotning barcha partiyasini qaytarib oladi.