Bu haqda Dutch News xabar bermoqda.
Qonunchilik o‘zgarganidan keyingi ilk holat haqida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Sofi Hermans ma’lum qildi.
Ushbu jarayon og‘ir kasal bo‘lgan bolaga uning ota-onasi roziligi bilan qo‘llanilgan. 2024 yildan boshlab Niderlandiyada "tuzalishga umid bo‘lmagan va chidab bo‘lmas azob-uqubatlarni boshdan kechirayotgan", davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan 1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun evtanaziyaga ruxsat berilgan.
Avvallari bunday imkoniyat faqat 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun mavjud edi. Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday holatlar yiliga besh martadan ko‘p sodir bo‘lmaydi, deyiladi xabarlarda