Niderlandiya hukumati Yevropa komissiyasiga qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha Yevropa tizimidan voz kechish rejalari haqida maktub yo‘lladi.
"Men hozirgina Yevrokomissiyani Niderlandiya Yevropa immigrasiya qoidalaridan voz kechishini xohlayotganini bildirdim. Biz o‘z boshpana siyosatimizni nazorat qilishimiz kerak", — dedi mamlakatning Boshpana va migrasiya vaziri Marjoleyn Faber.
Vengriya migrasiyani cheklash masalasida Niderlandiyani qo‘llab-quvvatladi:
"Vengriya hukumati Niderlandiyaning migrasiya va boshpana bo‘yicha Yevropa Ittifoqi paktidan chiqish haqidagi so‘roviga qo‘shiladi. Agar ushbu kelishuvga kiritilgan o‘zgartirishlar shunday imkoniyat yaratsa, bu qabul qilinishi mumkin bo‘lgan masala", — deb yozadi Vengriya Yevropa Ittifoqi ishlari vaziri Yanosh Boka.