Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Niderlandiya o‘z flotini to‘rtta suv osti kemasi bilan to‘ldiradi

Niderlandiya o‘z flotini to‘rtta suv osti kemasi bilan to‘ldiradi

Niderlandiya Fransiyaning Naval Group kompaniyasi bilan to‘rtta suv osti kemasini yetkazib berish bo‘yicha 5,6 milliard yevrolik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Le Figaro.

Naval Group suv osti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha tenderni o‘tgan yilning martida yutgan edi. Buyurtma qilingan submarinalar 2039 yilgacha Fransiyaning Barracuda atom suv osti kemalari bazasida yaratiladi. Ular qirollik floti tarkibiga 1990 yilda kiritilgan dizel-elektrda harakatlanuvchi Walrus’ning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida kamida 10 ta Niderlandiya kompaniyasi va ikkita ilmiy-tadqiqot instituti yangi submarinalar uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va texnologiyalarni yaratishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etiladi.

Naval Group bilan bitim Niderlandiya Mudofaa vazirligi Moddiy ta’minot boshqarmasi bilan muhokama qilingan va parlament tomonidan ma’qullangan. Natijada, shartnomani imzolashga olti oy vaqt ketgan.

Qirollik uchun mo‘ljallangan suv ostikemalari kompaniyaning Sherbur shahridagi zavodida yig‘iladi, ammo qator muhim tizimlari va texnik xizmat ko‘rsatishlariga Niderlandiya javob beradi.

Kiritildi: Bugun 05:10. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!