Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Niderlandiya Ukrainaga yarim milliard yevrolik harbiy yordam ajratadi

Niderlandiya Ukrainaga yarim milliard yevrolik harbiy yordam ajratadi

Niderlandiya Ukrainaga 500 million yevrolik Amerika qurollari paketini, jumladan Patriot tizimining komponentlari va raketalarini beradi.

Bu haqda Niderlandiya mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Ruben Brekelmans X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Ukrainaga zudlik bilan qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimi va o‘q-dorilar kerak. Niderlandiya 500 million yevrolik Amerika qurollari paketini (shu jumladan Patriot tizimining komponentlari va raketalarini) taqdim etgan NATOning birinchi davlatiga aylandi", — deya ta’kidladi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurol yetkazib berish Ukrainaga nafaqat mamlakatda, balki butun Yevropa xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.

Kiritildi: 07:30 05.08.2025. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!