Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Niderlandiya Ukrainaga yana uchta Patriot tizimlarini topshirdi

A A A
 Niderlandiya Ukrainaga yana uchta Patriot tizimlarini topshirdi


Bu haqda Niderlandiya Mudofaa vaziri Ruben Brekelmans ma’lum qildi. U X tarmog‘idagi sahifasida Ukrainaga yetkazib berilgan Patriot tizimlarining fotosuratlarini e’lon qildi.

"Ukrainaliklarni oldinda qiyin qish kutmoqda. Shuning uchun biz ularga uchta Patriot tizimini topshirdik. Patriot'lar hayotlarni saqlab qoladi va muhim infratuzilma ob’ektlarini himoya qiladi", — dedi Berkelmans.

Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov Niderlandiyaga minnatdorchilik bildirdi.

"Rossiyaning muhim infratuzilma ob’ektlariga bugungi hujumi, bosqinchilar hujum davomida 100 ga yaqin dronlar va 90 dan ortiq har xil turdagi raketalarni uchirgani Rossiyaning shafqatsiz terrorining yana bir dalilidir. Biz buni faqat ittifoqchilarimiz bilan birgalikda to‘xtata olamiz", —deb yozdi Umerov X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 04:39 29.11.2024. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!