Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Niderlandiya Rossiya gazini sotib olishdan bosh tortdi

A A A
Niderlandiya Rossiya gazini sotib olishdan bosh tortdi

Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasi Rossiya gazi uchun to‘lovlarni rublda amalga oshirishdan bosh tortdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati dushanba kuni xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qarorga javoban “Gazprom” 31 maydan gaz yetkazib berishni to‘xtatishini ma’lum qilgan.

"Bu Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalarni buzishi mumkinligi, shuningdek, talab qilinadigan to‘lov opsiyasi bilan bog‘liq juda ko‘p moliyaviy va operatsion risklar mavjudligi bilan bog‘liq. Xususan, Rossiya qonunchiligi bo‘yicha Moskvada hisob raqamlarini ochish va ularni Rossiya rejimi taraflari bilan nazorat qilish. Groningen kompaniyasi uchun juda katta xavf tug‘diradi" - deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniyaning ishonchi komilki, ular boshqa manbalardan yetkazib berilgan 2 milliard kub metr gazning o‘rnini to‘ldirishga qodir.

Kiritildi: 22:36 30.05.2022. O'qildi: 4653 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!