"Niderlandiya Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Besalel Smotrichni “persona non grata” deb e’lon qilib, ularga qirollikka kirishni taqiqladi", deya xabar bermoqda agentlik.
Ushbu vazirlar bir necha bor falastinliklarga qarshi zo‘ravonlikka undash va G‘azo sektorida “etnik tozalash”ga chaqirganlikda ayblanmoqda.
Niderlandiya hukumati, shuningdek, Yevroittifoqning Isroilga ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi dasturga kirish imkonini cheklash tavsiyasini qo‘llab-quvvatlashini va agar YEI bilan tuzilgan insonparvarlik yordami hajmini oshirish bo‘yicha kelishuv buzilganligi aniqlansa, savdo sanksiyalarini joriy etishga intilishini bildirgan.