Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Niderlandiya Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlaridan import qilishni taqiqlaydi

A A A
Niderlandiya Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlaridan import qilishni taqiqlaydi

Niderlandiya Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlaridan “imkon qadar tezroq” tovarlar olib kirishga taqiq joriy etishga tayyorlanmoqda.

Niderlandiya muvaqqat hukumatining yangi tashqi ishlar vaziri Devid van Uil parlament quyi palatasi majlisida so‘zlagan nutqida yaqin vaqt ichida bosib olingan hududlardan mahsulot olib kirishga milliy taqiq joriy etilishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bosib olingan Falastin hududlari bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilish uzoq davom etishi mumkin, shu bilan birga, amaldagi sanksiyalar qonunchiligiga ko‘ra importni taqiqlash tezroq amalga oshirilishi mumkin.

Van Uilning aytishicha, "Umumiy ma’muriy akt"ni nashr etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan. Gollandiya huquqiy tizimida bu hukumat tomonidan qonun asosida qabul qilingan va umumiy majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatni anglatadi.

Kiritildi: 13:25 11.09.2025. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!