Niderlandiya rasmiylari bolalarni raqamli dunyo ta’siridan himoya qilish maqsadida, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga TikTok, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni tavsiya qilmoqda.
Yangilangan tavsiyalarga ko‘ra:
Niderlandiya Sog‘liqni saqlash vazirligi va parlament ekspertlari ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tkazish:
Ayni paytda Niderlandiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlangan. Biroq yangi tavsiyalar hozircha qonunan kuchga ega emas.
Evropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham shunga o‘xshash tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Avstraliya esa hozircha yagona mamlakat bo‘lib, u yerda 2024 yil noyabridan boshlab o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qonuniy ravishda taqiqlanadi.