Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Neymar yana katta sahnada!

A A A
Neymar yana katta sahnada!

Neymar Braziliya chempionatida joriy mavsumdagi ilk golini urdi.

Braziliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Santos" - "Flamengo" (1:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Santos"ning 33 yoshli hujumchisi Neymar o‘yinning 84-daqiqasida gol urib, jamoasining turnir peshqadamiga qarshi o‘yindagi g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Braziliyalik futbolchi bu mavsumda ilk bor to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi va o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Shuningdek, bu Neymar uchun so‘nggi to‘rt oydagi ilk gol bo‘ldi - u oxirgi marta mart oyida "Santos" safida gol urgandi.

Joriy mavsumda forvard beshinchi o‘yinini o‘tkazdi.

Kiritildi: 09:16 17.07.2025. O'qildi: 1329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!