«Santos» klubi Neymarning yangi jarohati haqida Braziliya milliy jamoasiga xabar berdi. Bu haqda O Globo nashri xabar berdi.
Hujumchi payshanba kungi mashg‘ulotda jarohat olganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng u faqat zalda shug‘ullangan va yurganda og‘riq sezayotganini aytgan.
«Santos» futbolchining holati haqida allaqachon xabar berdi. U milliy jamoa yig‘inida qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tishi mumkin, ammo bu ehtimol kamligi qayd etilgan.
Karlo Anchelotti ertaga sentyabr oyidagi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Qayd etish lozim, Neymar 2023 yil oktyabr oyidan beri milliy jamoa uchun qaydnomaga chaqirilmayapti.