Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Neymar va Messi Venesueladagi zilzilalardan jabrlanganlarga katta miqdorda mablag‘ xayriya qilishdi

Neymar va Messi Venesueladagi zilzilalardan jabrlanganlarga katta miqdorda mablag‘ xayriya qilishdi

Neymar qutqaruv va gumanitar operasiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun $ 250 000 o‘tkazib berdi.

"El Sumario" nashrining xabar berishicha, bu minglab oilalarga yordam beradi. Ular oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmonlar va vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlanadi.

Messining oilasi ham bundan chetda qolmadi. Leo tomonidan amalga oshirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xayriyalardan tashqari, uning rafiqasi Antonella ommaviy mablag‘ yig‘ish kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi, deb yozadi "El Nacional". U yerda allaqachon $ 5,4 mln yig‘ilgan.

Falokat oqibatida 1450 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 3100 dan ortiq jabrlanuvchi shifoxonalarda qolmoqda.

Kiritildi: 19:04 29.06.2026. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!